DEKAN MADANIYATI

DEKAN MADANIYATIHindiston dagi ilk dehqonchilik yodgorliklari (mil. av. 2-ming yillik). Hind olimlari Dekan madaniyatini 3 arxeologik majmua (Ahor, Jorva va Navdatoli)ga boʻlib oʻrgangan. Majmualar topilmalardagi naqshlari xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Qabilalarning xoʻjalik qayotida dehqonchilik va chorvachilik asosiy oʻrinni egallagan. Jez va misdan yasalgan bolta, xanjar, randa, zeb-ziynat buyumlari, idishlar koʻp tarqalgan. Jorva va Navdatoli majmuasida chaqmoq toshdan ishlangan geometrik shaklli qurollar (qirgʻich, segment, trapetsiya, taxtacha va b.) ham mavjud. Sopol idishlar kulolchilik charxlari yordamida tayyorlangan. Metall ishlash ustaxonalarining qoldiqlari bor. D. m. qabilalari Xarappa madaniyatita mansub aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x