DEHOTIY Abdusalom Pirmuhammadzoda

DEHOTIY Abdusalom Pirmuhammadzoda (1911.14.3, Samarqand yaqinidagi Bogʻi Maydon qishlogʻi — 1962.30.1, Dushanba) — tojik shoiri, dramaturg. Asarlarida «Pirmuhammadzoda», «Navqalam», «Hardamxayol», «Dehotiy» taxalluslarini koʻllagan. Oʻzbekiston ped. akademiyasida tahsil koʻrgan (1930—31). Faoliyatini «Haqiqati Oʻzbekiston» gaz. (1931—34)da boshlagan. Tojikiston davlat nashriyotining Samarqand boʻlimida ishlagan (1934— 35). Ilk hikoyasi — «Baxtiqaro Hamida» (1929). «Uch manzara» (1932), «Mehnat qoʻshiklari» (1934), «Sheʼrlar va hikoyalar» (1940), «Tanlangan sheʼrlar» (1949) toʻplamlari bor. «Vose qoʻzgʻoloni» operasining librettosi (M. Tursunzoda b-n hamkorlikda, 1938), «Togʻdagi nur» (1947) hamda «Komde va Mudan» (1951— 53) dramalarini yozgan. Dehotiy tojik xalq ogʻzaki ijodiga oid «Tojik xalq yumori» (1938) kitobi hamda oʻzbek shoirlari xaqidagi maqolalar («Junaydulla Maxdum Hoziq», 1940; «Buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy», 1948) muallifi. Abdulla Qahhornnng «Shohi soʻzana» (1953), B. Rahmonovning «Yurak sirlari» dramalarini, Muqimiy, H. Olimjon, N. Hikmat sheʼrlarini tojik tilita tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x