DEGIDROGENLASH

DEGIDROGENLASH (de… va gidrogenlash) — organik birikmalardan katalizator ishtirokida vodorod ajra-tib olish reaksiyasi. Elektron almashinish bilan sodir boʻladigan oksidlanishqaytarilish jarayonlariga kiradi. Gidrogenlash uchun yaroqli katalizatorlarning kupi Degidrogenlash uchun ham ishlatiladi. Degidrogenlash yuqori t-rada boradi. Bosimning oshishi Degidrogenlash jarayoni bilan susayadi. Uglevodorodlarni Degidrogenlashda tarkibida Sg2O3 va MoO3 boʻladigan katalizatorlar koʻproq ishatiladi. Sanoatda Degidrogenlashdan foydalanib, yuqori sifatli yoqilgʻi hamda monomerlar oli-nadi. Alyumoxrom katalizatorlari ishtirokida normal parafin uglevodorodlarni degidrogenlab, olefinlar va diolefinlar olinadi. Shu usuldan foydalanib, neft bilan birga chiqadigan yoʻlakay gazlar hamda neft mah-sulotlaridan butadiyen va izopren, bulardan esa kauchuk olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x