De Siptol tabletkalari 480 mgс рецептом

Preparatni ichga, ertalab va kechqurun ovqatdan keyin 1 stakan suv bilan birga qabul qilinadi.

¡tkir infektsiyada preparat eng kamida 5 kun va klinik manzara me’yorlashgandan so‘ng yana eng kamida 2–3 kun qabul qilinadi.

Davolash jarayonida yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilishga e’tibor berish kerak.

Bolalarga: 3 oylikdan 6 oylikgacha 1/4 tabletkadan sutkada 2 marta; 6 oylikdan 3 yoshgacha 1/2 tabletkadan sutkada 2 marta; 4 yoshdan 6 yoshgacha 1/2 yoki 1 tabletkadan sutkada 2 marta; 7 yoshdan 12 yoshgacha 1 tabletkadan sutkada 2 marta; 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1-2 tabletkadan sutkada 2 marta.

Og‘ir infektsiyalarda kattalarda doza maksimal yo‘l qo‘yilgan dozagacha ko‘paytirilishi mumkin – 960 mg sutkada 4 marta.

Siydik yo‘llari infektsiyalarining qaytalanishini uzoq muddatli oldini olish uchun har kuni kattalarga 720–960 mg, 6–12 yoshli bolalarga 240–480 mg tavsiya qilinadi.

Buyraklar faoliyati pasaygandagi doza: kreatinin klirensi 30 ml/min bo‘lganida – standart doza; kreatinin klirensi 15–30 ml/min bo‘lganida – standart dozaning yarmi; kreatinin klirensi 10 ml/min bo‘lganida – preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligida preparatning plazmadagi kontsentratsiyasini aniqlash lozim.

Davolashning, har 3 kunidan so‘ng, sulfametoksazolning plazmadagi kontsentratsiyasini analiz qilish kerak.

Analiz uchun qonni, preparat oxirgi qabul qilinganidan so‘ng 12 soat o‘tgach olish kerak.

Agarda sulfametoksazolning kontsentratsiyasi 150 mkg/ml dan yuqori bo‘lsa, preparatni keyingi qabul qilishni to‘xtatish lozim.

Agarda, gemodializdan so‘ng, sulfametoksazolning kontsentratsiyasi 150 mkg/ml dan past bo‘lsa, davolashni davom ettirish mumkin.

Davolash kursi 5 kundan ortiq uzaytirilganida va/yoki doza oshirilganida gematologik nazoratni o‘tkazish lozim: qon manzarasi o‘zgargan hollarda folat kislotasini sutkada 5-10 mg dan buyurish lozim.

Nojo‘ya ta’sirlari Me’da sohasida og‘riqlar, ishtahani yo‘qolishi, qusish, ich ketishi, ichakning kuchayib boruvchi yallig‘lanishi, soxtamembranoz enterokolit; milklarning yallig‘lanishi, og‘izda noxush ta’mning paydo bo‘lishi, har xil turdagi allergik reaktsiyalar; qaytuvchi ataksiya; o‘tkir psixoz; uzoqni ko‘raolmaslik; gepatit (shu jumladan xolestatik) disdiadoxokinez, pankreatit, gipoglikemiya, kristalluriya, metabolik atsidoz; nefrit, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya, o‘tkir gemolitik anemiya, o‘tkir megaloblastik anemiya; aseptik meningit, o‘pka infiltratlari, interstitsial va eozinofil pnevmoniya kabi o‘pkadagi allergik reaktsiyalar, shuningdek nafas yetishmovchiligi.

Preparatni qabul qilish oqibatida fotosensibilizatsiya bo‘lishi mumkin.

OITS bilan kasallanganlarda nojo‘ya  ta’sirlari bo‘lishining ehtimoli juda yuqori.

Ularda qon plazmasidagi preparatning mikdorini doimo nazorat qilib turish kerak.

Jiddiy va hayot uchun xavfli nojo‘ya ta’sirlar asosan katta yoshdagi (60 yoshdan yuqori) bemorlarda uchraydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Homiladorlik, laktatsiya.

Chakaloqlik yoshi (8 haftagacha), chala tug‘ilgan bolalar.

Jigar va buyraklar (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) faoliyatining yaqqol buzilishlari; o‘tkir porfiriya.

Sulfanilamid preparatlariga (shu jumladan antidiabetik va diuretik sulfanilamidlar) trimetoprim va uning analoglariga (masalan, tetraksoprim) o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Ekssudativ eritemalarning turli shakllari (shu jumladan anamnezdagi), qon kasalliklari (trombotsitopeniya, granulotsitopeniya, gemolitik anemiya, allastik anemiya, megaloblast anemiya, leykopeniya, metgemoglobinemiya), eritrotsitar glyukoza–6–fosfat–digidrogenazaning tug‘ma yetishmovchiligi, patologik gemoglobin (gemoglobin – Keln, gemoglobin – Tsyurix).

Folat kislotasining yetishmovchiligi, Daun kasalligi.

Preparat o‘sma kasalligiga qarshi terapiya olayotgan, hamda Stivens–Djonson sindromidan azob chekuvchi yoki anamnezida shu haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Qalqonsimon bezining faoliyati buzilgan bemorlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta’siri Preparat antikoagulyantlar, sulfanilmochevina guruhi antidiabetik vositalar, difenilgidantoin, metotreksat, digoksin, vena ichiga yuboriluvchi qisqa ta’sir etuvchi barbituratlar (tiopental) ning ta’sirini kuchaytiradi.

Probenetsid, fenilbutazon, salitsilatlar, sulfinpirazon preparatning ta’sirini kuchaytiradi.

Antatsidlar, paraaminobenzoy kislotasining hosilalari, benzokain, prokain, tetrakain, paraldegid preparatning ta’sirini kamaytiradi.

Geksametilentetramin, geksamidin, mindal kislotasi birga qabul qilinganida kristalluriya chaqirishi mumkin.

Preparat bilan birga haftada 25 mg dan ortiq sutkalik dozada pirimetamin saqlovchi medikamentlar qon ko‘rsatkichlarini xatto megaloblastik anemiyagacha o‘zgarishini chaqirishi mumkin.

Diuretiklar, ayniqsa tiazidlar bilan birga qo‘llanganida, keksa yoshdagi bemorlarda trombotsitopenik purpuraning tez-tezligi oshadi.

Preparat kumarin antikoagulyantlarning gipotrombik ta’sirini kuchaytiradi.

PASK va barbituratlar preparatning zaharliligini oshiradi.

6–merkaptopurinning adsorbtsiyasini buzilishi va shu bilan bog‘liq bo‘lgan antileykemik ta’sirini susayishi mumkin.

Tritsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llanganida ularning samaradorligi kamayadi.

Tsiklosporin olayotgan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrakli patsiyentlarni bir vaqtda preparat bilan davolanganida, sinergik ta’sirlari tufayli yuqori nefrotoksiklik kuzatiladi.

Shuning uchun bunday patsiyentlarga siydik yo‘llarining infektsiyalarida birinchi qator sifatida preparatni qabul qilish mumkin emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x