DAVLATBOY

DAVLATBOY — eng ertapishar yozgi qovun navi. Shakli uzunchoq, uz. 20—22 sm, ogʻirligi 1,7—2,5 kg ga boradi. Sirti tekis, toʻr bilan qoplangan, toʻrlanishi oʻrtacha. Tusi och sargʻish, poʻsti qattiq. Etining qalinligi 3,5 — 4 sm, oq, karsillaydi, sershira. Tarkibida 3,4—7%, ayrimlarida 9,1% qand va 11,1% gacha quruq modda bor. Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻdonlari urugʻxonaning yarmidan kamrogʻini egʻallaydi. Urugʻi unib chiqqanidan soʻng 64—68 kunda pishadi. Hosildorligi 180—200 s/ga. Toshkent atrofidagi tumanlarda ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x