DO`STLARGA ULASHING:
Dasturlarni doimo to’liq ekran ko’rinishida ochish
#kerak_bolib_qoladi
Agar bilsangiz, biror dasturni, misol uchun Google Chrome’ni ochib, uni o’lchamini(Chrome oynasini) kichikroq qilib, yopib, qaytadan ochsangiz, qanday o’lchamda yopgan bo’lsangiz, o’sha o’lchamda qayta ochiladi.
Dasturlar shunday sozlangan, lekin buni o’zgartirish mumkin, ya’ni istalgan o’lchamda dasturni yopsangiz ham, qayta ochilganda to’liq ekranda ochiladi. Buning uchun:
1. Dasturni ishga tushiradigan yorliq ustiga sichqonchani o’ng tugmasini bosasiz va «Свойства».
2. «Ярлык» vkladkasiga o’tiladi.
2. Bu vkladkadagi «Окно» degan qismini «Развернутое на весь экран» bandiga o’zgartiramiz.
3. «Применить» va OK.
Shundan so’ng, belgilagan dasturingiz har safar ishga tushirilgandan to’liq ekranda ochiladi.
☝️Istalgan oynani, Win+yuqori strelka orqali to’liq ekran ko’rinishiga keltirish mumkin.