AMAZONKA

AMAZONKA — Jan. Amerikadagi daryo, sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda, uzunligi jihatidan (6,4 ming km, Ukayali irmogʻi bilan taxminan 7 ming km) Nil daryosidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Amazonka 7180 ming km2-maydondan suv yigʻadi. Asosiy irmogʻi — Maranyon. Sharqiy Kordilyera togʻ tizmasini kesib oʻtgandan keyin Amazonka payettekisligiga chiqadi va Ukayali daryosi bilan qoʻshilib Amazonkani hosil qiladi. Amazonkaga taxm. 500 irmoq quyiladi, koʻpchiligi yirik daryo hisoblanadi. Oʻng tomondan Ukayali, Jurua, Madeyra, Tapajos, Shingu, chapdan — Isa, Yapura, Riu-Negru daryolari qoʻshilib kengaya boradi, oʻrta oqimida 5 km, dengizga quyilish oldida 80—150 km gacha kengayadi. Amazonkaning chuqurligi oʻrta oqimida taxm. 70 m, quyilish joyida 15—45 m. Dare doim sersuv, may — iyunda toshadi. Amazonka yil davomida oʻz havzasidan 1 mlrd. t loyka oqizib keladi. Oʻrtacha suv sarfi 220 ming m3/sek. Aling irmoqlarida yirik viktoriya-regiya oʻsimligi oʻsadi, suv hayvonlaridan lamantinlar, delfinlar, suv choʻchqalari yashaydi. 2000 baliq turi bor. A. kemalar qatnay oladigan qismining uz. 4300 km. Manaus sh. gacha (okeandan 1690 km) yirik okean kemalari qatnaydi. Asosiy portlari: Ikitos, Manaus, Obidus, Santarel, Belen.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x