DASTORBOSH

DASTORBOSH (Tanacetum) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 2 turi: oddiy Dastorbosh (T. vulgare) va togʻ Dastorbosh (T. pseudoachillea S.) uchraydi. Oddiy Dastorbosh boʻyi 150 sm gacha boʻlgan sershox oʻsimlik. Barglari patsimon, bandli va bandsiz. Gullari sariq, qalqonsimon toʻpgul. Mevasi — pista. Toʻpguli tarkibida efir moyi, alkaloidlar, flavonoidlar va b. moddalar bor. Toʻp-gulining damlamasi va poroshogi gijja haydashda, gepatit, an-gioxolit va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x