DASHTOBOD

DASHTOBODJizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar (1974). 1937-y. gacha Krratepa qishlogʻi, 1937—74 y. larda Obrucheve shahar posyolkasi, 1974-y. dan 1996-y. gacha Ulyanove, oʻsha yildan Dashtobod nomi b-n yuritilgan. Viloyat markazi Jizzax sh. dan 60 km. Tumanning shim.-sharqiy qismida, Turkiston tizmasining shim. togʻ oldi bilan Mirzachoʻl oraligʻidagi qad. karvon yoʻlida joylashgan. Aholisi 20,4 ming kishi (2001). Shaharda paxta tozalash zdi, un k-ti, devor qoplama materiallari, lak-boʻyoq, qurilish, avtotransport korxonalari, notoʻqima mato tayyorlash firmasi, dehqon bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mehmonxonalar, 6 umumiy taʼlim, sport maktablari, kasalxona, tugʻruqxona, sport majmuasi bor. D. dan Toshkent — Sa-marqand t. y. va Katta Oʻzbekiston trakti kabi magistral yoʻllar oʻtgan. Zomin—Dashtobod suv kuvuri qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x