DARVESHXON

DARVESHXON, Darvesh sulton (?—1578-y. dek.) — Toshkent va Turkiston hokimi (1556—78). Shayboniylardan. Baroqxon (Navroʻz Ahmadxon)ning toʻngʻich oʻgʻli. Suyunchxoʻjaxonning nabirasi. Ukasi Bobo sulton bilan birgalikda Movarounnahrda hukmron boʻlish uchun Buxoro xoni Iskandarxon va Abdullaxon II ga qarshi urushlar olib borgan. Xususan, 1557-y. Ilonoʻtti mavzeida Abdullaxon bilan jang qilgan, unda Abdullaxon Darveshxonga yordamga oshiqqan Bobo sulton qoʻshinini Darveshxon bilan birlashishiga yoʻl qoʻymay, ularni alohida-alohida yenggan. Darveshxon bu magʻlubiyatdan soʻng bir muncha vaqtgacha Abdullaxon bilan ittifoqlikda boʻlgan, jumladan, Abdullaxon II ning Xurosonga qilgan yurishida (1567) Darveshxon oʻz birodari (ukasi) Tohir sultonni koʻp qoʻshin bilan yordamga yuborgan. Biroq Bobo sulton Abdullaxonga boʻyin egmay kurashni davom ettirgan, u 1578-y. qishida Toshkentda isyon koʻtarib Darveshxonni qatl etgan. Bundan xabar topgan Abdullaxon Darveshxonning oʻchini olish bahonasida Toshkentga yurish qilib, Chirchiq jangida (1579-y. 18 apr.) Bobo sulton qoʻshinini tor-mor keltirgan. Bobo sulton Turkistonga qochib ketgan.

Manba: Hofiz Tanish Al-Buxoriy, Abdullanoma, 1 – va 2-kitob, T., 19992000.

Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Istoriya Uzbekistana, t. Z, T., 1993; Materialы po istorii kazaxskix xanstv XV — XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x