DARMANA

DARMANA (Artemisia cina) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub oʻq ildizli chala buta. Boʻyi 40 — 70 sm. Poyasi sershox, qizgʻish. Barglari ikki karra patsimon qirqilgan. Gullari kichik savatchalarda 3—6 tadan joylashgan. Sent. da gullab, okt. da urugʻ beradi. Jan. Qozogistonda daryo boʻylarida, soylar, tekisliklar va togʻ etaklarida oʻsadi. Darmana ekiladi ham. Endigina ochila boshlagan toʻpgulidan santonin (S|5N|8O3) olinadi. Toʻpguli va barglarida efir moyi (1,5—3%), betain, xolin, boʻyoq moddalar, olma va sirka kislotalar bor. Toʻpgulining damlamasi hamda santonin gijjalarni tushirishda fonda beradi. Darmanadan olingan efir moyi (darminol) har xil mikroblarni oʻldiruvchi antiseptik dori sifatida, revmatizm va asab kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bu moydan olinadigan gvayazulen nafas qisishi, revmatizm, ekzema kabi kasalliklarni davolashda va rentgen nurlaridan kuyganda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x