DANLAR

DANLAR, daniyaliklar (oʻzlarini danskere deb ataydilar) — xalq. Daniyaning asosiy aholisi (5 mln. kishiga yaqin). Shuningdek, Shvetsiya, Norvegiya, Germaniya, AQSH, Kanada va b. mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 5,6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Dan tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, lyuteranlar, protestantlar, katoliklar ham bor. Kadimda Daniyaning hoz. hududida german qabilalari (kimvrlar, yutlar, angllar, sakslar) joylashgan; 5—6-a. larda Jan. Shvetsiyadan german qabilalaridan boʻlgan danlar bostirib kirgan. 6—8-a. larda bu qabilalarda ibtidoiy tuzum parchalanish jarayoni sodir boʻlgan; 10— 11-a. larda ulardan yagona dan elati vujudga kelgan; ilk davlat tuzilgan. 19-a. da dan millati shakllangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik, gilam toʻqish va b. turlari ham rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x