DALTON

DALTON (Dalton) Jon (1766.6.9, Iglsfild, Angliya, — 1844.27.7, Manchester) — ingliz kimyogari va fizigi. Atomistik nazariya asoschisi. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1822-y. dan), D. gazlar xossalarini oʻrganib, gazlarning parsial bosimi qonunini (1801), gazlarning eruvchanligi parsial bosimiga bogʻlikligini (1803), kimyoning asosiy qonunlaridan biri — karrali nisbatlar qonunini (1803) aniklagan. Dalton kimyoviy elementlarning birinchi nisbiy at. m. lari jadvalini tuzgan (1803), meteorologiya masalalari bilan ham shugʻullangan. 1794-y. da ilk bor koʻrish nuqsoni — rang ajrata olmaslik (daltonizm) haqida yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x