Daler — Qalbimizda yashaysiz mangu (Mo’min Oripov xotirasiga)

Nahotki siz yo`qsiz, hech ishongim kelmas,
Nahot beg`ubor qalb endi qaytmasa?
Men kimga aytaman dardim ushbu chog`,
Yaqinim yonimda bugun bo`lmasa?

Qalbimizda yashaysiz mangu,
Mayli o`tsin oradan yillar.
Sizga shundayin qo`shiq bitayin,
O`shanda yig`lar ko`ngillar.

Sizla o`tgan damlar ajoyib, betakor,
Bugun u damlarni juda qo`msayman.
Bunchalar beshafqat bo`lmasa bu taqdir,
Sizsiz qanotsiz bir qushga o`xshayman.

Qalbimizda yashaysiz mangu,
Mayli o`tsin oradan yillar.
Sizga shundayin qo`shiq bitayin,
O`shanda yig`lar ko`ngillar.

Sahnaning har burchi sizni eslatar,
Go`yo turgandeksiz yonimda kulib.
Sohir chehrangizdan nurlar yog`ilar,
Yuraklar yig`laydi sizni sog`inib.

Qalbimizda yashaysiz mangu,
Mayli o`tsin oradan yillar.
Sizga shundayin qo`shiq bitayin,
O`shanda yig`lar ko`ngillar.

Sizga shundayin qo`shiq bitayin,
O`shanda yig`lar ko`ngillar.

(Har dam duodaman, so`rayman takror,
Ruhingiz doim shod bo`lsin, ilohim.)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x