DAHLIZ — meʼmorlikda turar joy va mehmonxonalarga tutash qurilgan qoʻshimcha xona. Asosan, 3,5 m li, bolor (toʻsin)li kichik xona boʻlib, koʻpin-cha, bir xona yoniga yoki ikki xona oʻrtasiga kuriladi, shu xonalarga Dahliz orqali kiriladi. Uch, toʻrt xonani boglovchi, ikki yonida va kirish eshigining qarshi tomonida ichki eshiklarga ega boʻlgan Dahlizlar uchraydi. Dahliz larda poyabzal, ustki kiyimlar yechib qoʻyiladi. Dahliz ichki xonalarga sovuq yoki issiq xavo kirishiga ham maʼlum darajada toʻsqinlik qiladi. Dahliz Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые