DAFNIYALAR

DAFNIYALAR, suv burgalari (Daphnia) — bargoyoklilar (baʼzi manbalarga binoan shoxdormoʻylovlilar) turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar urugʻi. Tanasining uz. 1—3 mm. Tanasi orqa va yon tomonidan shaffof ikki tavaqali chigʻanoq bilan qoplangan, bo-shining old tomoni oʻrdakning tumshugʻiga oʻxshab ketadi. Boshida ikkitadan yirik fasetkasi va oddiy koʻzi bor. Anennulalari mayda, kuchsiz. Antennalari ikki shoxli boʻlib, asosiy hara-kat organi hisoblanadi. Dafniyalar ob-havo qulay sharoitda partenogenez xususi-yatiga ega. Bir necha oʻn turi qutbdan tashqari hamma yerda uchraydi. Dafniyalar chuchuk suv havzalarida baliqlarning asosiy ozigʻi, ayrim parazit chuvalchanglar uchun esa oraliq xoʻjayin hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x