CHUMCHUQLAR

CHUMCHUQLAR (Passer) — toʻqimachilar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi koʻproq. Narining tomogʻi qora. Oʻtroq, koʻchib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va b. joylarga uya quradi. 3—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 11—12 kun bosadi. Oʻsimlik urugʻlari va mevalari bilan oziklanadi; odatda, joʻjalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda TapKalgan. Oʻzbekistonda hind chumchugʻi, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchugʻi uchraydi. Chumchuqlar — donli ekinlarning xavfli zararkunandalari. Chumchuqlarga qarshi kurashda kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x