CHORTOQSOY

CHORTOQSOYQirgʻiziston Respublikasi (ozroq qismi) va Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tizmasining Boʻzbittov togʻi (2875 m) yon bagʻridan boshlanib, asosan, Uychi tumani hududida tugaydi. Kuchli sel kelgan paytlaridagina Sirdaryogacha yetib keladi. Shim. Fargona kanali bilan kesishgan joyda kanal suvi Chortoqsoy ostidan dyuker orqali oʻtgan. Uz. 67 km. Havzasining mayd. 715 km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,8 m3/sek. Yogʻinsochin va buloq suvlaridan toʻyinadi.

Ch. Pochchaota sugʻorish sistemasiga kiradi. 1957-y. Ch. da nasos styasi qurilib 6 ming ga dan ziyod yer sugʻoriladigan boʻldi. Bahorgi sel va toshqinlarning buzish kuchini kamaytirish uchun Alixon qishlogʻi yaqinida sel suvini toʻplaydigan selxona qurildi. Soy boʻyida Chortoq sh. va sanatoriysi, qishloklar joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x