CHORMITON OLTIN KONI

CHORMITON OLTIN KONISamarqand viloyatining Qoʻshrabot tumani markazidan 14 km shim. sharqdagi kon. 1953-y. N. Hamroboyev tomonidan ochilgan. Shim. Nurota tizmasining markaziy qismida Qoʻshrabot granitoid intruziv majmuasining jan. sharqiy ekzo va endokontaktlarida joylashgan. Rudalar oʻrta silur davriga mansub jezbuloq svitasining vulkanogenterrigen yotqiziklari: ohaktosh, tufli qumtosh, tufalevrolit, diabaz, porfir sillari mavjud loyli slaneslari, alevrolitlari, qumtoshlarining Qoʻshrabot intruziyasi taʼsirida gidrotermal oʻzgargan — metamorflashgan turlarida (andaluzitli slaneslar, biotitdala shpatli rogoviklar, marmarlar, skarnlar) uchraydi. Kon tuzilishi asosida tektonik jarayonlarining rivojlanishi — Qorovulxona — Chormiton siniqlik zonasi hamda undan tarmoqlangan shim. gʻarbiy yoʻnalishdagi shoxobchalar, ayniqsa, «ot dumi» shaklida yelpigʻichsimon rivojlangan tik yotuvchi va kon maydonini alohida bloklarga boʻluvchi sinikliklar yotadi. Kondagi oltin rudalari, asosan, tomirlar shaklida uchraydi; uz. 1,5 km gacha, qalinligi 1—3 m gacha, chuq. 1 km dan ziyod. Chizikli shtokverksimon va plitasimon ruda tanalari ham uchraydi. Tanalardagi oltin miqdori 10 g/t atrofida. Tarkibi boʻyicha kon rudalari kam yoki meʼyordagi sulfidli, nisbatan oson kayta ishlanadigan (gravitatsiyaflotatsiya usuli) turga mansub. Asosiy minerallar: pirit, arsenopirit, kamroq sheyelit, volframit, pirrotin, xalkopirit, sfalerit, galenit, sulfatuzlar va oltin minerallari. Norudalardan — asosan, kvars, kamroq dala shpati, kalsit. Oltinning sofligi oʻzgaruvchan boʻlib, 500—950 ni (tashkil etadi. Kon, asosan, yer osti usulida qazib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x