CHOKMOROV

CHOKMOROV Suymonqul (1939.9.11, Qirgʻiziston, Jontosh q. — 1992, Bishkek) — qirgʻiz aktyori, rej. Xalq artisti (1981). Bishkek badiiy bilim yurtini (1958) va Leningrad tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik va meʼmorlik intini (1964) tugatgan. 1969 i. «Qarash dovonidagi oʻq» filmidagi Baxtigul roli bilan kinodagi faoliyatini boshlagan. Doniyor («Jamila»), QoraboltaIssiqkoʻl qizgʻaldoqlari»), temirchi Utur («Olovga qulluq qil»), Maqsumov («Yettinchi oʻq», «Oʻzbekfilm»), Boytemir («Men — Tyanshan»), Axangul («Vaxshiy»), TemurQizil olma»), Jonbov («Dersu Uzala»), LaoFerdinand Lyus hayoti va oʻlimi»), Ozod Bayramov («Oʻlan», 1978), Qosim («Ayolsiz erkaklar») va b. obrazlar Chokmorov ijodida alohida oʻrin tutadi. Toxtagʻul nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti laureata (1980).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x