CHOʻLPON MULK OGʻO

CHOʻLPON MULK OGʻOSohibqiron Amir Temurpknt suyukli xotini. Hojibek moʻgʻulning qizi. Choʻlpon Mulk Ogʻo nihoyat darajada goʻzal boʻlgan. Uni Sohibqiron 1391-y. da Dashti Qipchoqqa qilgan yurishida oʻzi bilan birga olib ketadi. Amir Temur 1393-y. Iroq va Sheroz tomon harbiy safarga otlanganda Saroymulkxonim va Tuman ogʻolarni oʻgʻruqsa qoldirib, Choʻlpon Mulk Ogʻo, Dursulton ogʻo va Nigor ogʻolarni oʻzi bilan birga olib ketadi. 1394-y. ning yanv. da Turkiyaning Mordin sh. yaqinida joylashgan Ruho qalʼasini zabt etib, bir oz nafas rostlash uchun toʻxtagan Sohibqiron qarorgohiga barcha xotinlari, jumladan, Choʻlpon Mulk Ogʻo va Dilshod ogʻolar yetib keladilar. Tarixchi Sharafuddin Api Yazdiy 1403-y. voqealarini tasvirlar ekan, Choʻlpon Mulk Ogʻo nomini bir necha oʻrinda tilga olib oʻtadi. Shuningdek, Kastiliya elchisi Ryui Klavixo ham 1404-y. da malika Choʻlpon Mulk Ogʻoni koʻrganligini yozadi.

Choʻlpon Mulk Ogʻoning qachon tugʻilgani va qachon, qayerda vafot etgani aniq emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x