“Chizkeyk” torti

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 1 dona tuxum, limon sharbati, 600 gr. suzma, 120 gr. smetana, 200 gr. shakar kukuni, 500 gr. pechenye, 180 gr. margarin, 3 dona tuxum sarig‘i.

Tayyorlanishi: dastlab, tayyor pechenye mayda bo‘laklarga bo‘linib, uvoq holiga keltiriladi. So‘ng pechenyega oldindan eritilgan margarin solinib, qo‘lda yaxshilab aralashtiriladi. Yarim tayyor xamirni tayyor qolipga zichlab, unga shakl berib, oldindan qizdirilgan duxovkaga 10 daqiqaga solib, pishirib olinadi. Xamir pishgach, sovutishga qo‘yiladi.

Kremni tayyorlash uchun suzma idishga solinib, mikser yordamida aralashtiriladi. Keyin unga 1 ta tuxum va 3 ta tuxum sarig‘i, qand kukuni, limon sharbati hamda smetana qo‘shib, yana aralashtiriladi.

Sovugan tayyor xamir ustiga krem solib, qoshiq yordamida tekislab chiqiladi. Gaz pechiga idishda sovuq suv qo‘ygandan keyin “chizkeyk”ni past olovda 50-60 daqiqa pishirib olinadi. Belgilangan vaqt o‘tgach, pishiriqni darhol olishga urinmang. Duxovka eshigini ochib, uning sovushini kuting. “Chizkeyk” butunlay sovugandan keyin, uni 6-7 soatga muzlatgichga qo‘ying.

 

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/chizkeyk-torti/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x