CHITGARLIK

CHITGARLIKboʻz matoga oʻyma yogʻoch qolip yordamida gul bosish kasbi. Chitgarlar ilgari barcha jarayon (toʻqish, boʻyash va gul bosish)ni ustaxonalarda bajarishgan. 19-a. ning 1yarmigacha Chitgarlik sanʼati, asosan, Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Xoʻjand, Namangan, Margʻilon, Chust va b. shaharlarda), Buxoro (Vardanzi, Romitan, Gʻijduvon va b.), Samarkand (Urgut, Kattaqoʻrgon), Toshkentda rivojlangan. Ayniqsa, Xorazm chitgarlari (Xonqa, Xiva, Urganch, Hazorasp) juda nozik did bilan gul bosishgan.

Mato dastlab qozonda qaynatilib olingan, maxsus tezob (buzgʻunch) bilan ishlov berilib, soʻng quritilgan. Matoga gul qoʻlda yogʻoch qolip yordamida (naqshning asosiy shakli qattiq nok yogʻochidan ishlangan qolip bilan qora tusda) tushirilgan. Soʻng mato yana maʼlum vaqt davomida rangli suvda qaynatilib, oqar suvda chayilgan. Tayyor, gulli chitga qoʻshimcha ranglar ham berilgan (yetti xilgacha). Chitga anorgul, tol bargi, kizil gul, shoxchalar va b. gullar tushirilgan. 19-a. 2yarmidan Toshkent badiiy kashtalaridan olingan palak nusxa keng tarqalgan. Oʻrta Osiyo bozorlarida fkada ishlab chikarilgan chitlar koʻpayishi munosabati bilan Chitgarlik sanʼati astasekin 1950-y. larda barxam topdi; faqat 80-y. lardan otabobolarining kasbini davom ettirgan toshkentlik ustalar (H. Raximov, A. Raximov va b.) ijodida qayta tiklana boshladi. 90-y. lar Chitgarlikda oʻziga xos rivojlanish bosqichi boʻddi: choyshab, dasturxon kabi badiiy buyumlar bilan bir katorda zamonaviy liboslarni i. chda ham Chitgarlik sanʼati keng qoʻllaniladi. Anʼanaviy shakdsagi «oy», «yulduz», «bodom»simon gullar bilan birga islimiy naqshlardan ham keng foydalaniladi, mato ranglarining uygʻunligi bilan ajralib turadi.

Sayyora Mahkamova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x