CHITA

CHITA — RF Chita viloyatidagi shahar (1851-y. dan), viloyat markazi. Chita daryosining Ingoda daryosiga quyiladigan joyda. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 316,6 ming kishi (2002). Ch. Sharqiy Sibirning muhim sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, avtomobil yigʻuv, stanoksozlik va b. zdlar), mebel, yogʻochsozlik, yengil (kamvol—movut va koʻn poyabzal ktlari, xrom teri zdi, poʻstin — moʻyna fkasi), oziq-ovqat (un, goʻsht va sut ktlari), qurilish materiallari sanoati bor. Qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Issiqlik elektr markazi mavjud. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi va badiiy muzeylar ishlab turibdi. Ch. Ingodinskoye zimovye posyolkasi sifatida 1653-y. dan maʼlum. 1690-y. dan sloboda — soliq va b. majburiyatlardan ozod qilinganlar kishloga (1706-y. dan u Chita slobodasi deb atala boshlagan). 1851-y. dan shahar va Zabaykalye viloyati markazi. 1920 — 22 y. larda Uzoq Sharq respublikasi poytaxti. 1922-y. dan Zabaykalye gubernyasi markazi, 1926—37 y. larda Zabaykalye oʻlkasidagi okrug markazi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x