CHISTON

CHISTON (fors. — topishmoq) — Sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan biri. Dastlab xalq ogʻzaki ijodida sheʼriy savoljavob, topishmoq shaklida paydo boʻlgan. Chistonda narsa yoki hodisaning xarakterli belgilari majoziy tavsiflanib, nima ekanligini topish oʻquvchi, tinglovchiga havola etiladi. Shu sababdan Chiston topishmoqsheʼr deb ham ataladi. Chistonda narsalarning nomlari ochiq aytilmaydi, balki ular ga xos shakl, sifat va xususiyatlar qayd etiladi. Oʻquvchi yoki tinglovchi Chiston mazmunidan kelib chiqib, unda yashiringan, nomi pinhon tutilgan narsani oʻz zehni, idroki kuchi bilan topib oladi. Oʻtmishda shoirlar Chiston yaratishda, asosan, 2 usulabjad va oddiy topishmoqdan foydalanishgan. Chistonlar fard, bayt, kitʼa, ruboiy va qisman gʻazal shaklida yoziladi, 2 baytdan 10 baytgacha, hatto undan ham ortiq boʻlishi mumkin; maʼrifiy, ijtimoiysiyosiy mazmunga ega boʻladi.

Oʻzbek adabiyotida Chistonning dastlabki namunalarini Alisher Navoiy yaratgan (mac, «Qalam», «Tanga», «Miqroz», «Yumurtqa» va b. Ch. lar). Shavqiy Kattaqoʻryuniynant «Samandar qush», Uvaysiyikng «Anor» Ch. lari mashhur.

Ad.: Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x