CHIROQCHI TUMANI — Qashqadaryo viloyashidyagi tuman. 1926-y. 29 sent. datashkil etilgan. 1962-y. da Yakkabogʻ tumaniga qoʻshilgan. 1964-y. 22 fev. da qayta tashkil etiddi. Sharkdan Shaxrisabz, Kitob, jan. sharkdan Yakkabogʻ, jan. dan Kamashi, gʻarb va jan. garbdan Karshi, Koson tumanlari, shim. dan Samarqand viloyatining Pastdargʻom va Nurobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 2,84 ming km2. Aholisi 270 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Chirokchi), 20 qishloq fukarolari yigʻini (Dam, Dodiq, Jar, Koʻkdala, Langar, Mirzatoʻp, Oxunboboyev, Paxtaobod, Torjilgʻa, Uymovut, Uyshun, Xumo, Chim, Chorvador, Shurkuduq, Eski Angor, Yangi Hayot, KalkaMa, Kaxramon, Kumdaryo) bor. Markazi — Chirokchi sh.
Tabiati. Tuman hududi viloyatning shim. qismida joylashgan. Relyefi tekis choʻl va kiradirlardan iborat boʻlib, jan. gʻarbdan shim. sharqqa (Qoratepa togʻi) balandlashib boradi. Balandligi tekis choʻl qismida 400 — 600 m, adirda 700—900 m va Zarafshon tizmasining davomi boʻlmish Qoratepa togʻida 1200—1500 m. Dursun qishlogʻi yonida tabiiy gaz koni topilgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha tra 14,7°. Yanv. ning oʻrtacha trasi 2,7°, eng past tra —20°. Iyulning oʻrtacha trasi 28°, eng yuqori tra 45°. Vegetatsiya davri 220—230 kun. Yiliga 368 mm, sharqida 400—500 mm yogʻin tushadi. Tumandagi ekinlar Qashqadaryo, Kumdaryo, Oyoqchidaryo va b. kanallardan sugoriladi. Tumanning jan. da Chimqoʻrgʻon suv ombori bor. Shim. togʻli zonada oʻtloqi, tekislik qismida tipik boʻz tuprokdar, och boʻz tuproq, dare vodiylarida oʻtlokibotqoq tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan rang, qargʻaoyoq, qamish, chitir, karrak, bugʻdoyiq, yantoq, kashkar beda, qoramugʻ, qoʻziquloq, oqquray, tuyaqorin va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, quyon, kalamush, qoʻshoyoq, sichqon, echkemar; qushlardan qirgʻovul, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaddoq va b. bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 95,1 kishi. Qishloq aholisi 252,5 ming kishi, shahar aholisi 17,5 ming kishi (2003).
Xoʻjaligi. Tumanda 2526 yirik, oʻrta, kichik korxona va mikrofirmalar, paxta tozalash, gʻisht zdlari, gilam fkasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, bosmaxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 20 shirkat, 970 fermer, boʻrdoqichilik xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Q. x. paxtachilik, gallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi. Ekin maydonlariga paxta, don, kartoshka, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxeiy xoʻjaliklarida qoramol, qorakoʻl qoʻy, parranda boqiladi. 174 umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 3 kasbxunar kollejlari, markaziy kutubxona va uning tarmoklari, 18 klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi. Kasalxona, feldsherakusherlik punktlari, poliklinika, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar bor.