CHINOZ TUMANI

CHINOZ TUMANIToshkent viloyatitsatya tuman. 1935-y. 9 fev. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Yangiyoʻl tumaniga qoʻshilgan. 1973-y. 12 apr. da qayta tuzilgan. Shim. va shim. sharqsan Yangiyoʻl, sharq va jan. sharqdan Quyi Chirchiq tumanlari, jan. va gʻarbdan Sirdaryo, shim. gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,34 ming km2. Aholisi 116 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chinoz), 2 shaharcha (Olmazor, Yangi Chinoz), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Islohot, Ittifoq, Koʻtarma, Turkiston, Chinoz, Eski Toshkent, Yallama, Uzbekistan) bor. Markazi — Chinoz sh.

Tabiati. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Qir va adirlar, Krzogʻiston chegarasiga yaqin joyda esa choʻl boshlanadi. Foydali kazilmalardan Sirdaryo bilan Chirchiq daryosining qoʻshilish joyida qurilishda ishlatiladigan qumshagʻal olinadi. Iqdimi kontinental. Yillik oʻrtacha tra 13,4°, yanv. ning oʻrtacha trasi —3,1°, eng past tra —33°, iyulning oʻrtacha trasi 26,5°, eng yuqori tra 42°. Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 350 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Chirchiq, Sirdaryo daryolari oʻtadi. Shuningdek, q. x. ekinlarini sugʻorishda tuman hududidan oʻtgan Boʻzsuv, Kurkuldak, Shim. Toshkent, Joʻn kanallaridan foydalaniladi. Achchiqkoʻl, Chumchuqkoʻl, Keles yaylovlarida Oydinkoʻl koʻli bor. Tuproqlari, asosan, boʻz, Chirchiq daryosi yoqasida qoramtir, boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan semizoʻt, shoʻra, ituzum, bangidevona, achambiti, qoʻytikan, yantoq, chuchmoma va b. bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 341,2 kishi. Qishloq aholisi 81 ming kishi, shahar aholisi 35 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tuman iqtisodiyoti, asosan, q. x. ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Chinoz tumanida 8 ta sanoat korxonasi boʻlib, ularda qurilish materiallari, paxta tozalash, urugʻlik tayyorlash, noruda materiallar i. ch. bilan shugʻullaniladi (qumshagʻal qazib olinadi).

Avtomobil taʼmirlash zdi, qurilish materiallari va konstruksiyalari, noruda qurilish materiallari ktlari, MTP, qumshagʻal karyeri bor. 2 qoʻshma korxona (shu jumladan, kalava ipgazlama i. ch. ga ixtisoslashgan OʻzbekistonTurkiyaYaponiya «Toʻqimachi — LTD» korxonasi) ishlab turibdi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori faoliyat koʻrsatadi. Q. x. ning asosiy tarmoklari — paxtachilik va gʻallachilik. Shu bilan birga chorvachilik, pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik ham rivojlangan. Tumanda 13 shirkat, 541 dehqon fermer xoʻjaligi bor. Chinoz tumani dagi shaxsiy va jamoa xujaliklarida 26,8 ming qoramol (shu jumladan, 11,6 ming sigir), 17,6 ming qoʻy va echki boqiladi, parrandachilik bilan ham shugʻullaniladi.

Tumanda 48 umumiy taʼlim maktabi (26,1 ming oʻquvchi), 2 oʻrta maxsus bilim yurti (1,2 ming oʻquvchi), markaziy kutubxona va uning 29 ta tarmogʻi, bolalar musiqa maktabi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. 2 kasalxona (400 oʻrin), poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixona va b. tibbiy muassasalarda 163 vrach ishlaydi. Chinoz tumanidan Toshkentga avtobuslar qatnaydi. 1935-y. dan «Chinoz hayoti» tuman gaz. chiqadi (adadi 11050).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x