CHINOBOD SANATORIYSI

«CHINOBOD» SANATORIYSIovqat hazm qilish aʼzolari (meʼda, ichak, jigar va oʻt pufagi) kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan tibbiy sogʻlomlashtirish maskani. Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan. Sanatoriy hududi 1938-y. da paxta tozalash zdlari ishchilarining dam olish zonasi boʻlgan, 1941-y. evakuatsiya qilingan gospital joylashtirilgan, 1946-y. sanatoriyga (75 oʻrinli) aylantirilgan. «Chinobod sanatoriysi» s. ning hozirgi mayd. 19 ga, atrofi mevali va manzarali daraxtlar bilan koʻkalamzorlashtirilgan. 1963-y. sanatoriy hududida 1554 m chuqurliqsan burgʻi qudugʻi orqali Toshkent mineral suvi chiqarilgan. Sanatoriy 370 oʻrinli, unda davolash va diagnostika boʻlimlari, jumladan, shifobaxsh mineral suv, balchiq, ozokerit va elektr bilan davolash boʻlimlari, badan tarbiya zali, aerosolyariy, ingalyatoriy, rentgen, rektoromonoskopiya, stomatologiya xonalari, biokimyo, bakteriologiya va klinik lablari bor. Mineral suvdan asosan vannalar uchun, ichish, ichaklarni chayish, tyubaj, dush, suv osti massaji qilishda foydalaniladi. «Chinobod sanatoriysi»s. meʼda va 12 barmoq ichakni tekshiradigan zamonaviy tibbiy tekshiruv asboblari bilan jihozlangan. 1997—98 y. dan sanatoriyning davolash ixtisosligi kengaytirildi: qandli diabet, ginekologiya, urologiya, andrologiya boʻlimlari faoliyat koʻrsata boshladi. 1999-y. dan fol akupunktura diagnostikasi joriy etiddi, bunda biologik faol nuqtalar (BFN) va kompyuter yordamida aniq tashxis qoʻyiladi.

Bemorlarga tabiiy mineral suvdan tashqari, doridarmonlar, shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan damlamalar, parhez ovqatlar va b. beriladi. Yiliga 6000 kishi davolanadi (2004).

Sanatoriyda 370 oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), 2 ta oilaviy kottej, klub, kutubxona, sport maydonchalari bor. «Chinobod sanatoriysi»s. da bekamu kust davolanish, marokli dam olish uchun barcha qulayliklar va orombaxsh mikroiqlim mavjud.

2001-y. dan «Chinobod sanatoriysi»s. ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ)ga aylantirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x