CHINGIZXON

CHINGIZXON (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxm. 1155, Oʻnon daryosi yaqinidagi Delpun Boʻldan mavzei — 1227.25.8) — Moʻgʻullar davlati asoschisi, sarkarda. Moʻgʻul qabilalari ittifoqi — tayjiutlar sardori Yasugay bahodirning Oʻelun Fujin (xotun) dan tugʻilgan toʻngʻich farzandi. 13 yoshyda otasidan yetim qolgan Chingizxon 27 yil davomida bir qancha urugʻ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204-y. larda Chingizxon keraitlar boshligʻi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon) bilan ittifoqsa merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va h. k. qabilalarni boʻysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204-y. Oʻnxon bilan boʻlgan jangda gʻalaba qozongan Chingizxon xonlik taxtini egallaydi. 1206-y. moʻgʻul aslzodalari, noʻyonlari ishtirokida buyuk qurultoyda «chingiz» (tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulugʻxon maʼnosida) va barcha qabila, urugʻ, elatlarning buyuk xoni deb eʼlon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Chingizxon tomonidan eʼlon qilingan qonunlar toʻplami — yaso (yasoq) muhim rol oʻynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shim. Xitoyni (1211 — 15), Oʻrta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221—24) oʻz tasarrufiga kiritadi. Moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224-y. Ch. Moʻgʻullar davlatini 4 oʻgʻli — Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shim. Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13-a. lar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Chingizxon ogʻir dard tufayli vafot etadi. Uni Moʻgʻulistondagi Burxon—Xaldun togʻ etagida dafn etishadi.

Ad.: U temishxadji , Chingizname, AlmaAta, 1992; K ы chanov Ye. I., Jizn Temuchjina, dumavshego pokorit mir, Bishkek, 1993; Sultanov T. I., Podnyatыye na beloy koshme. Potomki Chingizxana, Almatы, 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x