CHIN

CHIN — qad. turkiy xalklar yashagan joy nomi. «Ulugʻ», «mustahkam» degan maʼnoni bildiradi. Koshgʻariyning «Devonu lugotit turk» asarida Chin aslida uchga boʻlinadi. Birinchisi Yuqori Chin boʻlib — buni Tabgʻach (Tavgʻach) deydilar, ikkinchisi oʻrta Chin boʻlib — buni Xitoy deydilar, uchinchisi Quyi Chin boʻlib buni Barxan deydilar. Lekin hozir Tabgʻach — Mochin, Xitoy — Chin, Barxan — Qashqar deb yuritiladi deb yozadi. Yana shu kitobda Chindan Mochingacha boʻlgan hududda 20 turkiy qabilaning biri xitoylar (qitonlar, kidanlar) yashaganligi aytilgan. Koshgʻariy Ch. deb nomlagan Kidon (Qiton) davlati (916—1125) Xitoyning shim. da, sharqda Ulugʻ okeangacha, shim. da Baykalgacha, gʻarbda Oltoy togʻlarigacha boʻlgan hududni egallagan. Mazkur joyda, xitoy manbalaridagi turkiy xalqlarning ajdodlari — Llar istiqomat qilganlar.

Xitoyda (MinMing) sulolasi (1368—1644) davrida Xitoyning jan. da istiqomat qilib kelgan aholi (xanzular), Xitoyning shim. dagi kidonlar (xitoylar) hududini egallashgan. Ular son jihatdan koʻp boʻlgan, shu tufayli kidonlar xanzularga singib ketadi. Ularning Markaziy Osiyoga surilgan bir qismi (qoraxitoylar) koʻchmanchi turkiy qabilalarning tarkibiga singib ketadi.

1644-y. Ch. hududidan chiqqan Manjur imperiyasi Jan. Xitoyni (Jungguoni) bosib olgandan soʻng, imperiya nomini «Ching» deb atadi. Soʻngra mazkur imperiya oʻrta va Quyi Chinni ham egalladi. Yevropaliklar Manjur imperiyasini Shin, China, Chayna, Xina deb talaffuz qilgan. Keyinchalik bu nom Xitoyga taalluqli boʻlib qolgan. Arab, forsiy, turkiy manba va adabiyotlarda 20-a. ning boshlari ga qadar turkiy xalklarning qad. maskanlari Chin va Mochin (Ulugʻchin) deb tilga olinadi.

Abduxoliq Aytboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x