Chilto‘g‘on


Post Views:
38

CHILTO‘FON (asli nomi Chilcho‘pto‘g‘on bo‘lib, «qirqta yog‘ochdan yasalgan to‘g‘on» ma’nosida) – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Uchko‘cha, Taxtapul, Tarnovboshi mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan, bir qismi shahar chekkasiga borib taqalgan. O‘rta asrlarda shu yerda Kaykovus kanali ustiga qurilgan. Sebzor dahasi va uning atrofini suv bilan ta’minlovchi suvayirg‘ich – bosh to‘g‘on bo‘lgan. Hozirgi vaqtda bu yerda muhandislik tipidagi Taxtapul suv taqsimlovchi inshoot barpo etilgan. Unda 100 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, mayda hunarmandchilik hamda dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar chekkasidagi dalalarda) bilan shug‘ullangan. Sartaroshxona, baqqollik do‘konlari, masjid bo‘lgan (20-asr boshi). Hozir hududida 1-yuqumli kasalliklar kasalxonasi, onkologiya kasalxonasi, tug‘ruqxona va boshqalar bor.

«Chilto‘g‘on» mahallasi (Sharafiddin Iloqiy ko‘chasi, 1) – Sobir Rahimov (hozrigi Olmazor) tumanidagi mahalla. Shayxontohur va Yunusobod tumanlari hamda Miskin, «Taxtapul», «Xonchorbog‘» mahallalari bilan chegaradosh. 1998 yil mahalla faoli Abduvali Abduqayumov nomiga qo‘yilgan. 2008 yil 17 iyuldan hozirgi nomda. Aholisi 4803 kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, 20 millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida Iskandarxo‘ja jome masjidi, 3-tug‘uruqxona majmuasi, 1-yuqumli kasalliklar kasalxonasi joylashgan. Mahallada 2-jahon urushi Qahramonlari general Sobir Rahimov, O‘zbekiston xalq rassomi Samig‘ Abdullayev, huquqshunos olim Otaboy Eshonov yashab o‘tgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/chilto-g-on/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x