CHIL

CHIL (Perdix perdix) — tovuqsimonlar turkumining qirgʻovullar oilasiga mansub qush. Tanasi 35 sm cha. Vazni 350—600 g. Umumiy koʻrinishi kichikroq tovuqni eslatadi. Narining usti kulrangqoʻngʻir, qora chiziqchalari, qornida taqasimon jigarrang dogʻi bor. Modasi odmiroq tusda. Yevropa, Osiyo, Jan. Gʻarbiy Sibir va Oʻrta Osiyoning sharqiy hududlarida tarqalgan. Asosan, dasht va oʻrmondasht, daryo qayirlari, gʻalla dalalarida qish va kuzda toʻda, boshqa fasllarda juftjuft boʻlib yashaydi. Uyasini yerga yasaydi. 12—20 ta tuxum qoʻyib, nari va modasi navbat bilan 24—25 kun bosadi. Asosan, oʻsimlik urugʻlari, mevalari, yashil qismi, yoz va kuz oylarida hasharotlar bilan oziklanadi. Goʻshti mazali, ovlanadi. Ovchilik xoʻjaliklarida koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x