CHIKAGO

CHIKAGO — AQSHning shim. qismidagi shahar, Illinoys shtatida. Aholisi 2,9 mln. kishi (2002). AQSHning yirik transport yoʻllari chorrahasi. Michigan koʻlining jan. gʻarbiy sohilidagi port, koʻlga Chikago daryosi (Buyuk koʻllardan Missisipi daryosiga boriladigan suv yoʻli) quyilish yerida. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dunyoda eng yirik t. y. uzeli. Iqtisodiy ahamiyati boʻyicha Chikago mamlakatda NyuYorkdan keyin 2oʻrinda. Mamlakatning savdomoliya, ilmiy va madaniy markazlaridan. Yetakchi tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, metallsozlik), shuningdek, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlikning turli sohalari rivojlangan. Radioelektronika va elektrotexnika (telefontelegraf apparatlari, maishiy elektrtexnikasi, radio va televizorlar i. ch. ning muxim markazi), avtomobilsozlik, priborsozlik, aviatsiya sanoati korxonalari mavjud. Turli sanoat jihozlari, metall konstruksiyalar, kuvurlar, t. y. vagonlari va lokomotivlar va b. ishlab chiqariladi. Chikago — mamlakatning kimyo, neftni qayta ishlash, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoatlarining yirik markazlaridan. Metropoliten qurilgan. universitetlar, Badiiy int, tabiat tarixi, fan va sanoat muzeylari bor. Shahar oʻrnida 1803-y. gacha qishloq boʻlgan, 1833-y. dan shahar maqomiga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x