ChETAN

ChETAN (Sorbus L.) — raʼnodoshlarga mansub buta va daraxtlar turkumi. Oʻrta Osiyoda Turkiston, Zarafshon, Hisor, Darvoz, Ugom, Chatqol, PomirOlay, Fargʻona togʻlarida 3 turi: kizil Chetan (S.tiarischanica), turkiston Ch. i (jagisi) (S. turkestanica) va fors Ch. i. (S. persica) uchraydi. Qizil Ch. kupincha, archa, oq qayin, shilvi kabilar bilan birga dengiz sathidan 1800—3000 m balandaikda aralash oʻrmonlar hosil qilib usadi. Buii 3—5 m. Ildizi 7—8 m chukurlikkacha tarkaladi. Gullari yirik. Iyun oyida gullab, avg. sent. da meva beradi. Mevasi qizil, taxirachchiq yoki shirin, birinchi sovukdan keyin qoʻngʻir tusga kiradi. Mevasida S. vitamini, 4—13,7% qand moddasi, urugʻida 22% moy, poʻstlogʻida 14% tannid bor. Yogʻochidan mebel i. ch. da foydalaniladi. Barglaridan jigarrang boʻyoq olinadi. Qizil Chetanni urugʻidan, ildizpoyasidan kupaytirish mumkin. Chetan 60—100 yil yashaydi. Chetanning hamma turlari kimmatli urmon, mevali, manzarali va asal beruvchi oʻsimlik hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x