ChERNYAYEV Mixail Grigoryevich

ChERNYAYEV Mixail Grigoryevich [1828.21.10(3.11) 1898.4(16).8, Tubishki qishlogʻi, hoz. Belorussiyaning Mogilyov viloyati] — rus mustamlakasi harbiy arbobi, generalleytenant (1882). Dvoryan oilasida tugʻilgan. Harbiy akademiyani tugatgan (1853), Krim va Kavkaz urushlarida qatnashgan. 1864—65 y. larda alohida Gʻarbiy Sibir otryadiga qoʻmondonlik qilib Qoʻqon xonligiga qarashli Avliyoota, Chimkent va Toshkentntl bosib olgan (q. Alimqul, Darxon jangi) va Rossiya imperiyasi tarkibida yangi tashkil etilgan Turkiston oblasti harbiy gubernatori etib tayinlangan. Toshkent Rossiyaning keyinroq Oʻrta Osiyo xonliklarini bosib olishi uchun tayanch punktiga aylantirilgan. Mansabini suiisteʼmol qilgani uchun 1866-y. isteʼfoga chiqarilgan. 1873-y. dan (1878-y. gacha) harbiy publitsist R. A. Fadeyev bilan hamkorlikda Peterburgda «Rus dunyosi» («Russkiy mir») konservativmillatchilik ruhidagi gaz. nashr qildirgan. GersegovinaBosniya qoʻzgʻoloni (1875— 78) boshlanganda rus hukumatining istagiga qarshi, yashirin ravishda Belgradga ketgan (1876) va serblar armiyasiga qoʻmondon etib tayinlangan. Bu armiya Serbiya va Chernogoriyaning Turkiya bilan boʻlgan urushida magʻlubiyatga uchragan (1876). 1877—78 y. lardagi Rossiya—Turkiya urushi boshlanganda Chernyayev harbiy xizmatga jalb kilingan, birok, harakatdagi armiyada bironbir mansabga tayin etilmagan. 1882—84 y. larda Turkiston generalgubernatori. 1886-y. dan isteʼfoda. Ch. Toshkentni bosib olishda xam, gubernatorlik faoliyati davrida ham Rossiya hukumatining mustamlakachilik siyosatini izchil amalga oshirishga harakat qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x