ChERNOVSI VILOYATI

ChERNOVSI VILOYATIUkraina tarkibidagi viloyat. 1940-y. 7-avgustda tashkil etilgan. Mayd. 8,1 ming km2. Aholisi 913 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, moldavan, rumin, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 36%. 10 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 10 shahar va 9 shaharcha bor. Markazi — Chernovsi sh. Muxim shaharlari: Chernovsi, Xotin, Storojines.

Chernovsi viloyati Karpat togʻlari va shu togʻ etaklari hamda VolinPodoliya qirlarining tarmoqlarida joylashgan. Iqdimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi —4,8° dan —10° gacha; iyulniki 12°—19°. Yillik yogʻin 500—1000 mm. Vegetatsiya davri 206 — 216 kun. Muhim daryolari: Dnestr, Prut, Siret. Tekislikda sur tusli oʻrmon va podzollashgan qoratuproq, togʻlarda va togʻ etaklarida podzollashgan qoʻngʻir tuproq va chimli qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Hududining 28% oʻrmon va butazorlar (qoraqaragʻay, oqqaragʻay, dub, qora qayin). Togʻ va togʻ etaklari tabiiy pichanzor va yaylov. Oʻrmonlarda bugʻu, qobon, ayiq, silovsin, tulki, suvsar, tiyin, ondatra, malla tovushqon yashaydi. Zubr, los, norka; qushlardan qirgʻovul iqlimlashtirilgan.

Oziq-ovqat, yengil va mashinasozlik sanoatlari rivojlangan. Goʻsht, yogʻmoy ktlari, shakarqand, sabzavot quritish va konserva zdlari bor.

Mashinasozlik korxonalari, neft sanoati uchun apparaturalar, energetika asboblari, yengil sanoat uchun stanoklar i. ch. ga ixtisoslashgan. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Viloyat elektr energiyani Chernovsi issiqlik elektr markazidan oladi. Ipgazlama, qoʻlqoptrikotaj, paypoq i. ch. birlashmalari ishlab turibdi. Q. x. gʻalla va texnika ekinlari yetishtirish, sutgoʻsht uchun qoramol boqishga ixtisoslashgan. Gʻalla, texnika va yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan. Viloyat xoʻjaliklarida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. T. y. uzunligi 466 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 2,7 ming km. 2 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 5 muzey, filarmoniya, 2 teatr bor. Chernovsi viloyati hududida 17—18-a. larga oid tarixiymeʼmoriy yodgorliklar (yogʻoch cherkovlar) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x