ChERNIGOV

ChERNIGOV — Ukrainaning Chernigov viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Desna daryosining oʻng sohilidagi port. T. y. va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 305 ming kishi (2001). Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 907-y. gi solnomada qayd etilgan. Chernigov 1802-y. dan Chernigov gubernyasi markazi.

Yengil (kamvolmovut kti, junga dastlabki ishlov berish, tikuvchilik, poyabzal fkalari), oziq-ovqat (goʻsht kti, sut zdi, kandolat va makaron fkalari), mashinasozlik (avtomobil ehtiyot qismlari, taʼmirlashmexanika va maxsus qirqish asboblari, radio asboblari ishlab chiqariladi), kimyo («Ximvolokno» i. ch. birlashmasi) sanoatlari mavjud. Uysozlik kti, musiqa asboblari (pianino), karton fkalari ishlab turibdi. Ped. inti, 2 teatr, tarixiy, badiiy xalq dekorativ sanʼati, M. M. Kosyubinskiy nomidagi adabiymemorial muzey faoliyat kursatadi. Tarixiymeʼmoriy qoʻrikxona. Meʼmoriy yodgorliklardan SpasPreobrajeniye (11a.), Boris va Gleb (11-a.) soborlari. Pyatniskiy cherkovi (11-a. oxiri — 13-a. boshlari), Lizogub uyi (1690-y. lar), Yeles ansambli (17-a. da asos solingan) tarkibida Uspeniye sobori (11-a.) va Troitsa monastiri (17—18a. lar) saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x