ChEBISHYOV Pafnutiy Lvovich

ChEBISHYOV Pafnutiy Lvovich [1821.14(26).5, Kaluga gubernyasi, Okatovo qishlogʻi — 1894.26.11(8.12), Peterburg] — rus matematigi va mexanigi, ehtimollar nazariyasi rus maktabining asoschilaridan biri. Peterburg FA akad. (1856). Moskva universitetini tugatgan (1841), prof. (1850). Ilmiy ishlari ehtimollar nazariyasi, sonlar nazariyasi, matematik analiz, mexanizmlar nazariyasiga oid. Chebishyov tasodifiy miqdor tushunchasini ehtimollar nazariyasiga tatbiq qilgan; ehtimollar nazariyasining limit teoremalarini isbotlashning yangi usuli — momentlar usulini yaratdi; katta sonlar qonunini umumiy holda isbotladi. Sonlar nazariyasida tub sonlar taqsimotining asimptotik qonuni va b. ni umumiy shakdda isbotladi. Ortogonal koʻphadlar, funksiyalarni eng yaxshi yakinlashtirish muammolari bilan shugʻullandi. Differensial binomni elementar funksiyalarda integrallash shartlarini topdi. Chebishyovning kup (asosan, mexanizmlar nazariyasi sohasidagi) kashfiyotlari amaliy tadqiqotlar rivojiga sabab boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x