CHARM

CHARM — hayvon terisidan yoki sunʼiy xom ashyodan tayyorlanadigan material. Tabiiy va sunʼiy turlarga ajratiladi. Tabiiy Charm hayvonlar: qoramol, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, bugʻu, kiyik, suv hayvonlari, it, ayrim baliq va b. hayvonlarning terisini oshlab tayyorlanadi. Ishlatilishiga qarab, poyabzal, egarjabduq, texnika, kiyimbosh, attorlik uchun moʻljallangan xillarga ajratiladi. Xom ashyo turi, oshlash, pardozlash, tashqi koʻrinishi, qalinligiga qarab ham xillarga boʻlinadi. Sunʼiy charm polimer xom ashyo materiallardan tayyorlanadi. Sunʼiy Charm tolalardan toʻqilgan yoki notoʻqima matolar sirtiga yumshoq plyonka hosil qiluvchi moddalar (kauchuk, lateks, polivinilxlorid va b.) qoplash natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy Charm poyabzal, kiyimkechak, attorlik hamda texnika buyumlari tayyorlash va b. ehtiyojlar uchun tabiiy Charm oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi (q. Koʻn, Koʻnpoyabzal sanoati, Koʻnchilik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x