Chaqaloq dunyoga kelishi uchun nima qilish lozim?

Tug‘ruq oldidan mashqlar qilish va noodatiy holatlarda o‘zini tutish bo‘yicha xatti-harakatlar bo‘lg‘usi ona uchun koni foyda. Orqangizga gimnastika koptogini qo‘ygan holda matrasga o‘tiring. Qo‘llaringiz bilan matrasning chetlarini ushlang. Oyoq tizzangizni buking va ularni ochib iloji boricha o‘zingizga yaqinroq torting. Ko‘ksingizni to‘ldirib nafas oling va pastki tos tomonga qarab kuchaning. Hech qanday holatda chakkalaringizni shishirib “boshga” zo‘r bermang! Bu albatta bosh tomirlarining zo‘riqishiga olib keladi va bosh og‘rig‘ini hamda yuzdagi mayda tomirlarning yorilishini keltirib chiqaradi, hatto ko‘z to‘r pardasining shikastlanishiga ham olib kelishi mumkin. Nigohingiz pastga, kindikka qaragan bo‘lishi kerak. To‘lg‘oqlar paytida, xuddi suv tagiga tushganday, nafasingizni 20 soniyaga ushlab turishga harakat qiling. Keyin sekin-asta nafasingizni chiqaring. Aynan shu tarzda kuchanish samarali.

Nafas olishingiz bir tekis bo‘lishi kerak. Bu sizga uzilishlardan qochishga yordam beradi. Ammo, agar dard tutgan paytda asta va chuqur nafas olish yaxshi bo‘lsa, to‘lg‘oq paytida va nafas olishingiz tez-tez bo‘lishi va bunda og‘zingiz yarim ochiq turishi kerak. Bu bolaning tez tug‘ilishiga yordam beradi. Dard tutishlar orasida bo‘shashish va dam olishga harakat qiling – oldingizda hali yaxshigina jarayon turibdi, shu bois kuchanishni tejash darkor.

Tug‘ruq zalida nima bo‘lishidan qat’iy nazar, vaziyatni nazorat qilishga harakat qiling va shifokorning barcha tavsiyalariga amal qiling. Tug‘ruqning muvaffaqiyatli kechishi tibbiy xodimlarga emas, balki to‘lg‘oq tutayotgan ayolga bog‘liq bo‘ladi. Yoningizda doya ham, pediatr ham, davolovchi shifokoringiz va hamshiralar ham bo‘ladi. Bu akusher bo‘lsa juda yaxshi, chunki aynan u butun manzarani ko‘rib turadi va aynan u go‘dakni dunyoga keltiradi.

Eng ma’suliyatli paytda, ya’ni go‘dakning boshi chiqayotgan vaqtda doya sizdan og‘zingizni ochishni, nafas olishni va kuchanmaslikni iltimos qiladi. Bu ko‘rsatmani bajarish juda muhim, aks holda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, mana Sizda hammasi joyida ketyapti, axir qanday qilib kuchanmaslik mumkin? Tez-tez yengil nafas oling, og‘zingiz ochiq bo‘lsin, ushbu holat mushaklarning qisqarishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Agar tug‘ruqda faqat siz qatnashyapsiz, deb o‘ylasangiz, xato qilgan bo‘lasiz. Go‘dagingiz ham sizga bor kuchi bilan yordam beradi. U buriladi, kerakli holatni izlaydi, siz ham kuchlaringizni jamlab, ko‘rsatmalarni aniq bajargan holda, unga dunyoga kelishida yordam berishingiz mumkin.

Bola tug‘ilganidan keyin, doya va shifokorlarga uni sizdan baland darajaga ko‘tarishlariga yo‘l qo‘ymang. Tug‘ilganidan keyin bolani qorningizning ustiga 2 soatga qo‘yishlari mumkin.

Manba: “Sog‘lom avlod uchun” jurnali.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x