CHANG

CHANG — 1) qad. va Oʻrta asr Sharq (Ossuriya, Misr, Shim. Hindiston, Eron, Markaziy Osiyo) madaniyatida qoʻllanilgan torli tirnama musiqiy soz. Burchakli yoki yoysimon shaklda boʻlib, unga 13 va undan ortiq torlar oʻrnatilgan. Hoz. Oʻzbekiston va Tojikiston hududida taxm. 17-a. gacha qoʻllanilgan. Oʻrta asrlarda Noqus Changiy, Mavlono Mirek Changiy Buxoriy, Xoja Bobo Changiy, Hofiz Changiy, Darvishali Changiy va b. Ch. ijrochilari tanilgan. Gruzinlarda changi, abxazlarda ayume va h. k. deb ham yuritiladi;

2) oʻzbek, tojik, uygʻur xalklari torliurma musiqa cholgʻu asbobi. Oʻzbekistonda keng ishlatiladigan hoz. turi trapetsiya shakldagi tovushxonaga ega. Sim torlari 2 xarak vositasida 2 guruhga boʻlinadi: oʻng xarak ustidan oʻtkazilgan simlar past registrda, chap xarak ustidan oʻtkazilganlari 1 va 1,5 oktava yuqori registrlarda ovoz chiqaradi. Umumiy diapazoni 2,5 oktava. Bambukdan ishlangan ikki choʻp yordamida urib chalinadi. 1930-y. larda yangi (xromatik tovushqatorga ega) turlari yaratildi (prima, tenor, bas). Jarangdor tembr, keng dinamik va texnik imkoniyatlari tufayli turli ansambl, xalq cholgʻulari orkestri tarkibida hamda yakkanavoz cholgʻu sifatida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Chang ijrochilaridan Matyusuf va Fozil Xarratovlar, R. Isaboyev, Faxr. Sodiqov, B. Aliyev, T. Xoʻjamberdiyev, T. Mahmudov, A. Odilov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar T. Otaboyev, F. Shukurova, T. Sobirov va b. tanilgan.

Jasur Rasultoyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x