ANALSIM

ANALSIM — seolitlar guruhiga mansub mineral. Notekis dumaloq trapetsoedr koʻrinishida kristallanadi. Rangi oq, kulrang, pushti, yashilroq, baʼzan qizil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 5,5 — 6,0; s ogʻ. 2,2 — 2,3. Kelib chiqishi gidrotermal, kam hollarda magmatik. Qizdirilganda oson eriydi. Baʼzan bazaltlarda birlamchi mineral sifatida, kamdan-kam hollarda choʻkindi jinslarda uchraydi.

GIPOPLAZIYA

GIPOPLAZIYA (gipo… va yun. plasis — shakllanish, xrsil boʻlish) , giponeziya — embrional rivojlanish buzilgani sababli toʻqima, aʼzo, gavdaning bir qismi va butun organizmning oʻsmay qolishi, chala yetilishi. Turli aʼzolardagi Gipoplaziyaning axamiyati har xil. Juft aʼzolardan biri (mas, buyrak) normal rivojlangan holda ikkinchisining oʻsmay qrlishi unchalik sezilmaydi, chunki normal rivojlangan buyrak gipertrofiyalanadi. Boshqa aʼzolar, mas, … Читать далее

VEGETATSION UY

VEGETATSION UY — devorlari va tomi oynavand, shamollatib turishga moslashtirilgan kichik bino, turli vegetatsion tajribalar olib boriladi. Oynavand uy yonida metall toʻr bilan oʻralgan (parrandalardan himoya qilish maqsadida) maxsus maydoncha boʻladi. Tungi sovuq paytida va ob-havo ayniganda vegetatsion idishlarda oʻstirilgan oʻsimliklar joylashtirilgan vagonchalar temir izlar orqali gʻildiratib uyga kiritib, kunduz kunlari va havo iliq paytlarda … Читать далее

ANALIZATOR

ANALIZATOR, optikada — yorugʻlikning qutblanish xususiyatini aniq-lovchi asbob. Yassi-qutblangan yorugʻlikni topishda va uning qutblanish tekisligini aniqlashda kutblovchi prizmalar, polyaroidlar va turmalin plastinkalaridan foydalaniladi.

ANABIOZ

ANABIOZ (yun. anabiosis — tiriltirish, hayotga qaytarish) — organizmning hayot jarayonlari (moddalar almashinuvi va b.) juda sekinlashgan, yaʼni uning tirikligi sezilmaydigan darajaga oʻtgan holati. Anabiozni birinchi marta 1701-y. da golland biologi Anabioz Levenguk hasharotlarda aniqlagan. Anabioz organizmlar rivojlanishining turli bosqichlarida yashash sharoitining keskin yomonlashishi (past harorat, qurgʻoqchilik) tufayli sodir boʻlishi mumkin. Anabioz evolyutsiya davomida organizmning … Читать далее

BLUMING

BLUMING, blyuming : (ing. blooming) — poʻlat quymalardan Chblul» olish uchun moʻljallangan prokatlash stani. Prokatlash (siqish) valiklatrich ning diametri (yoʻgʻonligi) bilan ifodalanadi, mas, Bluming 1500 (bu yerda 1500 mm — valik diametri). Blumingda 12 t gacha va undan ham ogʻir poʻlat quymalardan blum tayyorlanadi. Baʼzi hollarda Blumingda slyablar hamda shakldor zagotovkalar (yirik dvutavr toʻsinlar, shveller … Читать далее

VEBER

VEBER — aka-uka nemis olimlari; 1) Ernst Genrix (1795-1878) – nemis anatomi va fiziologi. Leypsig un-ti prof. (1818). Eksperimental psixologiya asoschilaridan biri. Sezgi aʼzolari (eshitish, koʻrish, teri sezgilari) fiziologiyasi sohasidagi i. t. ishlari Veber-Fexner qonuniga asos boʻldi; 2) Vilgelm Eduard (1804 — 1891) — nemis fizigi. Peterburg FA xorijiy muxbir aʼzosi (1863). Ilmiy ishlari elektr … Читать далее

GIPERRALIZM

GIPERRALIZM (giper… va realizm) , fotorealizm — Amerika va Fapbiy Yevropa rassomlik sanʼatida 20-a. ning 60-y. lari oxirida shakllangan oqim. G. badiiy uslubdagi (abstraksionizm rad etgan) hayotiy aniqlikni tiklashga intildi. Bunda fotosurat yoki kinokadr asosida yasama obrazlar yaratish va h. k. dan foydalanildi. Giperralizm namoyandalari (AQSH da Ch. Klouz, D. Perrish, D. Xanson, D. Eddi, … Читать далее