BUZRUK

BUZRUK, Buzurg (fors. — katta, ulugʻ) — oʻtmishda Oʻn ikki maqom, hozirda Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari tarkibidagi maqom. Jomiy, Kavkabiy, Darvishali «/angmnlarning «Risolai musiqiy» asarlarida Buzrukning Un ikki maqomdagi tovushqatori, pogʻonalari qayd etilgan, asosiy parda tuzilishi, interval (boʻd)lari va b. ga oid maʼlumot berilgan. Buzruk juda koʻp oʻquv (ashula) va cholgʻu yoʻllarini oʻz ichiga oladi. Jumladan, Shashmaqomdagi Buzruk maqomining 7 cholgʻu yoʻli, 35 oʻquv yoʻli, 6 taronali Saraxbori Buzruk, bir taronali Talqini Uzzol, 3 taronali Nasrulloyi, Nasri Uzzol va Ufari Uzzoldan iborat 1guruh shoʻbalari, Moʻgʻulchai Buzruk, Savti Sarvinoz, Buxoro Irogʻi va Rok (har biri Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb bir xil nomlanuvchi shoxobchalari b-n) kabi 2guruh shoʻbalari mavjud. Shuningdek, Buzrukning turli cholgʻu (surnay) va ashula yoʻllari bor. Xususan, Rok shoʻbasi (surnay, karnay va nogʻoralar joʻrnavozligida) cholgʻu asari sifatida «Shodiyona» nomi bilan maʼlum; Surnay Buzruki, Savti Buzruk, Ufari Savti Buzruk kabi Fargʻona — Toshkent makom yoʻllari ham mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x