BUXOROTEKS AKSIYADORLIK JAMIYATI

«BUXOROTEKS» AKSIYADORLIK JAMIYATItoʻqimachilik sanoati korxonasi. «Oʻzbekengilsanoat» davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Buxoro shla joylashgan. 1970-y. qurilishi boshlanib, 1974-y. da y1igiruvtoʻquv fkasi, 1976-y. da ip boʻyash fkasi, 1981-y. da 2yigiruv fkasi, 1982-y. da 2toʻquv fkasi ishga tushirilgan. 1974—83 y. larda Buxoro ipgazlama k-ti, 1984-y. Buxoro toʻqimachilik k-ti, 1985—93 y. larda Buxoro ipgazlama birlashmasi nomlari b-n atalgan. 1994-y. dan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Ip, xom surp va tayyor gazmollar, shuningdek momiq sochiqlar ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 22139 t paxta kalava, 126,5 mln. pogon m xom surp, 128,6 mln. pogon m tayyor gazlama. 1996-y. da 25,5 mingt kalava ip, 89,4 mln. pogon m xom surp, 92,6 mln. pogon m tayyor gazlama, 10,4 mln. dona sochiq ishlab chiqardi. Korxonada 9,3 mingdan ziyod kishi ishlaydi (2001). Korxona oʻz mahsulotlarini AQSH, Shveysariya, Germaniya, Gollandiya, Italiya, Tur kiya, Avstriya, Rossiya, Ukraina, Belorussiya kabi davlatlarga eksport qiladi. «B», a. j. jahon andozalariga moye raqrbatbardosh va sifatli mahsulot ishlab chiqargani uchun «Oltin globus» xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Korxonada Shveysariya, Germaniya, Rossiya, Gollandiyada tayyorlangan zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan. Gʻijduvon, Vobkent, Olot, Qorakoʻlda filiallari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x