BUXORO VOHASI

BUXORO VOHASI — Oʻrta Osiyodagi eng qad. va yirik dehqonchilik maskanlaridan biri. Zarafshon daryosining quyi qismida joylashgan. Shim. sharqda Hazora yoʻlagi orqali NavoiyKonimex vohasiga, jan. gʻarbda esa Jondor yoʻlagi orqali Korakoʻl vohasiga tutash. Uz. 80 km, eng keng joyi 60 km. Buxoro vohasining dastlabki relyefi inson faoliyati natijasida jiddiy oʻzgargan. Daryo terrasalari ekinzorga aylantirilgan. Zarafshonning kdd. tarmoqlari oʻrnidagi pastqamliklar hamda bal. 5—15 m li tepalar voha relyefini birmuncha murakkablashtirgan.

Iqlimi subtropik belgilarga ega boʻlgan keskin kontinental choʻl iqlimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0° — 0,4°, iyulniki 28»—29,3ʻ. Eng past tra —24°, —25°, eng yuqori tra 45° — 46°. Yiliga 123—143 mm yogʻin tushadi. Buxoro vohasi maʼmuriy jihatdan asosan Buxoro viloyati tarkibida boʻlib, Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Peshku, Romitan, Buxoro, Kogon, Jondor tumanlarini oʻz ichiga oladi (alohida maqolalarga q.). Vohaning Malikchoʻl va Qiziltepa platolariga yondosh shim. sharqiy qismi Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hududiga kiradi.

Buxoro vohasida paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, mevachilik, polizchilik, sabzavotchilik, xonaki chorvachilik bilan shugʻullaniladi. AmuBuxoro mashina kanalittt ishga tushirilishi bilan Qutchi, Jilvon, Varaxsha, Moxonkoʻl kabi mavzelar oʻzlashtirildi. Voha hududida Varaxsha, Vardonze, Poykend kabi qad. shahar yodgorliklari bilan birga Buxoro, Gʻijduvon, Kogon kabi tarixiy, ijtimoiymadaniy va sanoat markazlari ham mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x