BUXORO TIBBIYOT INSTITUTI

BUXORO TIBBIYOT INSTITUTI, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti — Buxoro sh. dagi oliy malakali mutaxassis vrachlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1990-y. tashkil etilgan. Davolash, stomatologiya va oliy maʼlumotli hamshiralar tayyorlash f-tlari bor, 39 kafedra, litsey, aspirantura, doktorantura, klinik ordinatura, markaziy i. t. va klinik lab., / int muzeyi va 2 uquv muzeyi, test markazi, kutubxona (65 mingdan ortiq asarga ega), oʻquv zal i, vivariy mavjud. Intda 196 uqituvchi (jumladan 18 fan d-ri va prof., 80 fan nomzodi va dotsent) xizmat qiladi; 1500 talaba taʼlim oladi (2001). Buxoro tibbiyot instituti uzining davolash klinikasiga ega. Buxoro sh. kasalxonasi, viloyat stomatologiya poliklinikasi, umuman Buxorodagi barcha davolashprofilaktika muassasalari intning klinik bazasi hisoblanadi. Buxoro viloyat kasalxonasi int klinikasiga aylantirilgan. Int qoshida stomatologiya oʻquvdavolash ilmiy markazi tashkil qilingan (1997). Int darslik, ilmiy tuplam va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x