BUXORO MEHMONXONASI

«BUXORO» MEHMONXONASIBuxoro sh. dagi 4 yulduzli mehmonxona. 1987—96 y. lar «Larsen end tumbo limited» hind kompaniyasi (M. X. Vohidov loyihasi asosida) tomonidan qurilgan. «Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasiga qarashli. Mehmonxona 12 qavatli boʻlib, 223 xonasi (jami 440 oʻrinli) bor, shundan 2 oʻrinli xona 204 ta, 2 xonalik lyuks xonalar 13 ta va 1 oʻrinli xona 6 ta. Bosh vestibyuli va qavatlarida dam oladigan joy (xoll), 2 ta banket zali, 300 oʻrinli majlislar zali, oliy toifali restoran, yevropa taomlari tayyorlanadigan 370 oʻrinli, milliy taomlar tayyorlanadigan 380 oʻrinli zallari, bar (kunduzgi va tungi), bufet, choyxona, tennis korti, favvora, magazin, 2 sauna, kinokonsert zali (300 oʻrinli), basseyn (mayd. 252 m2) mavjud. Binoni qurishda zamonaviy meʼmoriy elementlardan foydalanilgan. Bezaklarida marmar, granit, shisha, alyuminiy, metall va b. qoʻllanilgan.

Buxoro sh. da «Buxoro mehmonxonasi» nomli 3 yulduzli mehmonxona ham bor (1974-y. ishga tushirilgan).

Kamol Maxmudov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x