BUXORO KANDAKORLIK MAKTABI

BUXORO KANDAKORLIK MAKTABIkandakorlik sanʼatidagi oʻziga xos uslub. 19-a. da shakllangan. Buxoro kandakorlik buyumlari shakli sodda, xushbichimligi, naqshlari esa murakkab va nafisligi bilan ajralib turadi. Koʻkon kandakorlik maktabi yaratgan sanʼat asarlariga qaraganda Buxoro kandakorlik maktabi badiiy buyumlarining naqshlari bir oz yirikroq boʻlib, asosan meʼmoriy obidalar tasvirlari aks ettirilgan. «Mehrob», «Madohil», «Xisht», «Nimxisht» va b. naqsh elementlaridan foydalanib, islimiy naqshlar chizilgan. Buyumlarga kesma usulida zarb berilgan. 19-a. —20-a. boshida bezak mujassamotida yozuvnaqsh (husnixat) keng oʻrin oldi, yozuvlar oʻsimliksimon naqshlarga oʻxshatib zarb qilindi. Buxoro kandakorlik maktabi vakillari: Shodi Muhammad (18-a.), Hakim Buxoriy (19a.), Olim Abdusalomov, Gʻulom Hasanov, Olloyor Yoʻldoshev (20-a. boshlari) va b., 20-a. da Muxtor Muhsimov, Muqaddam Mukarramov, Abdusalom Hamidov, Usta Salim kabilar bu sanʼat rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 1968-y. da tashkil etilgan kandakorlik sexlarida mehnat qilayotgan kandakorlar qad. sanʼatni oʻzlashtirib, Buxoro kandakorlik maktabi anʼanalarini rivojlantirmoqsa.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x