BUXORO ILMIY JAMIYATI

BUXORO ILMIY JAMIYATI — BXSRda tashkil etilgan jamiyat (1921). Oʻlkadagi qad. obidalarni muhofaza qilish, xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish, fan tarixiga oid qoʻlyozmalarni yigʻish, arxeologik ashyolar va xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplab tadqiq etish kabi ishlar bilan shugʻullangan. Olim, yozuvchi va maʼrifatparvarlardan Abdurauf Fitrat, Otajon Payrov Sulaymoniy, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Sadriddin Ayniy, Salimbek Salimiy, Shchpifjon Maxdum (Sadr Ziyo), Ahmadjon Hamdiy, Musajon Saidjonov, Yoʻdsoshqori Poʻlatov, Siddiqxon (Xashmat) (1885—1910-y. larda Buxoro amiri boʻlgan Amir Abdulahadning ukasi) jamiyat aʼzolari boʻlishgan. Buxoro ilmiy jamiyati ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etgan. Buxorodagi 3 shaxsiy kutubxonada saqdangan sharqshunoslik, tarix, adabiyotga oid qoʻlyozma kitoblarni toʻplagan. Birgina Sharifjon Maxdum kutubxonasidan 300 jildga yaqin forstojik va turkiy tillardagi noyob qoʻlyozma asarlar roʻyxatga olingan. Jamiyat toʻplagan qoʻlyozma asarlar orasida tarixchi Iarshaxiynnt «Taʼrixi Buxoro» («Buxoro tarixi»), Ahmad Donishning «Navodirulvaqoye» («Nodir voqealar») asarlari bor. Jamiyatning «Anjumani tarix» boʻlimi «Buxoro arki tarixining qoʻlyozmasi» kitobini tayyorlagan. Buxoro ilmiy jamiyati toʻplagan materiallar Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi.

Shodmon Hayitov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x