BUTUN OLAM TORTISHISH QONUNI

BUTUN OLAM TORTISHISH QONUNI, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning oʻzaro tortishishi toʻgʻrisidagi qonun; tabiatning universal qonuni. Massalari t1 va t2 boʻlgan va birbiridan g masofada turgan moddiy zarralarning oʻzaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: Gʻ= Gmlm2/ r2; bunda: G — gravitatsion doimiy. Moddiy zarralar deganda oʻlchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, yaʼni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning oʻzaro tortishish kuchini aniqlash (oʻlchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlarining geometrik yigʻindisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi oʻzaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x